21 fev 16:25
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" Leau bilan muzokara o'tkazdi, "Milan" futbolchini 75-80 mln evroga sotishga tayyor
"Arsenal" "Milan" hujumchisi Rafael Leauning vakillari bilan ilk muzokarani o'tkazdi.
Londonliklar 26 yoshli vingerni yozda sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Italyan klubi Leauni 75-80 mln evroga sotishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi "kanonirlar"ning yozda hujumkor futbolchilar orasida asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi.
Joriy mavsumda Leau barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 70 mln evroni tashkil etadi.

Havola :
Fikrlar