30 jan 07:27
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" sobiq ustozi "Real"ni boshqarishi mumkin
Bu haqda jurnalist Ramon Alvares o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Unai Emeri "Real" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.
Manba malumotlariga ko'ra, hozirda "Aston Villa"ni boshqarayotgan murabbiy Alvaro Arbeloa lavozimidan ozod etilgan taqdirda poytaxt klubi uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Xabar qilinishicha, mutaxassisning joriy mavsum yakunida "qirollik klubi"ni boshqarishga tayyormi yoki yo'qligi bo'yicha muzokaralar allaqachon o'tkazilgan.
12 yanvar kuni Arbeloa bosh murabbiy lavozimida Xabi Alonsoni almashtirgandi. Kecha, 28 yanvar kuni "Real" CHempionlar Ligasi umumiy bosqichining 8-turida "Benfika"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

Havola :
Fikrlar