21 dek 11:49
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" yanvarda "Barselona"dan ketishi mumkin bo'lgan Olmoga qiziqmoqda
"Arsenal" La Ligada ro'yxatdan o'tish bilan bog'liq muammo sabab yanvarda Kataloniya klubidan ketishi kutilayotgan "Barselona"ning 26 yoshli yarim himoyachisi Dani Olmoga qiziqish bildirmoqda.
London klubini bunday darajadagi o'yinchini tekinga olish imkoniyati o'ziga jalb qilmoqda. Ammo "kanonirlar"ga "Manchester Siti" va "Bavariya" klublari raqobat tashkil qilishi mumkin. "Barselona" joriy mavsum so'nggiga qadar Olmoni ro'yxatdan o'tkazishni uzaytirish yo'llarini izlamoqda.
Eslatib o'tamiz, ispan yarim himoyachisi Kataloniya klubiga o'tgan yozda "RB Leypcig"dan o'tgandi. "Ko'k-anorranglilar" Olmoni 2024 yilning so'nggiga qadar ro'yxatdan o'tkaza olishdi.
Havola :
Fikrlar