28 apr 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Arum: Bizda Lomachenkoga o'xshagan bokschilar bilan muammolar bo'ladi
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum karantindan so'ng ukrainalik Vasilik Lomachenko uchun jang tashkil qilish muammo bo'lishi mumkinligini aytdi.
"Endi bizda Lomachenkoga o'xshagan bokschilar ishtirokida jang tashkil qilish muammo bo'ladi. U oilasi bilan birga bo'lish uchun Ukrainaga qaytib ketgan, bu tushunari. Gap shundaki, uni qisqa vaqt ichida AQSHga qaytara olamizmi? Men shunisini bila olmayapman.
Hozir parvozlar uchun taqiqlar bor va biz boks musobaqalari sabab ularni bekor qila olmaymiz. Bu bizning AQSHdan tashqarida bo'lib turgan xorijiy bokchsilarimiz uchun muammolar keltirib chiqaradi", - dedi Arum.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar