22 okt 15:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Aselino Freytas faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazadi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aselino Freytas professional boksdagi so'nggi jangini o'tkazishini malum qildi.
Braziliyalik 42 yoshli bokschining xayrlashuv jangi 11 noyabr kuni o'z vatanida o'tkaziladi. U faoliyatidagi so'nggi jangida meksikalik 30 yoshli Gabriel Martinesga qarshi ringga ko'tariladi.
Aslida Freytas 2007 yili qo'lqoplarini mixga ilgan,
lekin keyinchalik ikki bor faoliyatini qayta tiklagandi. 2012 yili u 22 yoshli
hamyurti Maykl Oliveyraning chaqiruviga binoan ringga qaytgan va raqibiga ilk
mag'lubiyatni taqdim etgandi. 2015 yilda esa u Mateo Verondan ustun kelgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar