11 iyu 10:45
Yangiliklar
Muaytay

Aslamjon Ortiqovning keyingi jangi elon qilindi
27 iyun kuni Tailandning Bangkok shahrida muay-tay bo'yicha ONE Friday Fights 114 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqa doirasida o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik muay-tay ustasi Aslamjon Ortiqov ham ringga chiqadi.
Unga o'sha kuni Tailand vakili Panyapak Jitmuangnon raqiblik qiladi. Hozircha har ikki sportchi Liga reytingidan o'rin olmagan.
Malumot uchun, Aslamjon Ortiqov prof faoliyati davomida hozirga qadar 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Panyapak hisobida esa 6 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:43
Muzaffarbek To'raboev Namangan viloyati hokimiga Olimpiadadagi kimonosini sovg'a qildi + FOTO 0
Fikrlar