29 apr 19:10
Yangiliklar
Muaytay

Aslamjon Ortiqovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi
O'zbekistonlik muay-tay ustasi Aslamjon Ortiqovning keyingi jangi bo'yicha malumotlar paydo bo'ldi.
Fight Record nashrining malum qilishicha, Ortiqov 9 may kuni Tailandning Bangkok shahrida tashkil etiladigan ONE Friday Fights 107 turnirida ishtirok etadi. O'sha kuni unga mezbon yurt vakili Dedduanglek Vangxongom raqiblik qiladi.
Bellashuv turnirning markaziy jangi maqomida o'tkazilish aytiladi.
Malumot o'rnida, Aslamjon Ortiqov prof faoliyati davomida 20 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : instagram.com/fight_record
Fikrlar