02 avg 09:44
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA
Arman Carukyan ishtirokidagi bellashuv muddatidan avval yakunlandi
UFC`ning eng kuchli engil vaznli jangchilaridan biri o'zining tarixiy vatanida jang o'tkazdi.
So'nggi 27 oy ichida oktagonga atigi bir marta chiqqan Arman Carukyan greppling qoidalari bo'yicha o'tkazilgan Hype FC ligasi turnirida hindistonlik fitnes-bloger Ankit Bayanpuriy ustidan muddatidan oldin g'alaba qozondi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 12 milliondan ortiq obunachiga ega, biroq jang sanati bo'yicha deyarli tajribaga ega bo'lmagan hindistonlik bloger jang boshidanoq ojiz ko'rindi. Ikki daqiqadan sal ko'proq vaqt ichida Carukyan uni uch marta parterga o'tkazdi va yakunda tirsak bo'g'imini qayirish usulini qo'llab, raqibini taslim bo'lishga majbur qildi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar