21 mar 18:05
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko" Ederson uchun 35 million evro taklif qildi
"Atletiko" yarim himoyachi Edersonning transferi uchun "Atalanta"ga 35 million evro taklif qildi.
SHuningdek, madridliklar 5 million evro bonus sifatida to'lashi mumkin.
Manbaga ko'ra, italyan klubi birdaniga 40 million evro va bonuslar olishni istamoqda. "Atletiko" yanvar oyidagi transfer oynasida Edersonni Ademola Lukman bilan birga sotib olishga harakat qildi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Ederson barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 1 ta golga hammualliflik qilgan.
Havola :
Manba : alfredopedulla.com
Fikrlar