03 fev 13:57
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko" hujumchi sotib olganini elon qildi
Nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman faoliyatini Ispaniyada davom ettiradigan bo'ldi.
Madridning "Atletiko" klubi "Atalanta"ning 28 yoshli futbolchisi transferini rasman tasdiqladi.
Tomonlar 2030 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolashdi. Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, madridliklar ushbu transfer uchun Bergamo klubiga 35 million evro to'lashadi, shuningdek, shartnomada yana 5 million evro miqdoridagi bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Malumot uchun, Lukman A Seriyaning joriy mavsumida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishgan edi. Endi u Simeone qo'l ostida o'z mahoratini namoyish etadi.

Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar