18 jan 15:45
Yangiliklar
"Atletiko" Li Kan Inga qiziqish bildirmoqda, havbek ham PSJdan ketmoqchi
"Atletiko" ikki poziciyani kuchaytirmoqchi: markaziy yarim himoya va qanot hujum chizig'i. Qanot uchun "Vulverxempton"dan Joau Gomes va "Barselona"dan Mark Kasado, markaz uchun esa PSJdan Li Kan In ko'rib chiqilmoqda.
Matraschilar 24 yoshli koreyalikni anchadan beri kuzatib kelishmoqda, biroq avvalroq u katta maosh va PSJ uni qo'yib yuborishni istamagani uchun imkonsiz variant edi. Endi esa Li Kan Inning o'zi PSJda o'yin amaliyoti etmayotganligi sababli jamoani tark etmoqchi.
"Valensiya"da koreyalik futbolchi bilan birga ishlagan "Atletiko" sport direktori Mateu Alemani juma kuni yarim himoyachi transferi ustida ishlashni boshlash uchun Parijda edi.
Li Kang In Liga 1 mavsumida 14 ta o'yinda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, o'rtacha 62 daqiqa o'ynadi.

Fikrlar