04 okt 15:20
Yangiliklar
ATP reytingi. Jo'rabek Karimovdan chuqur "sho'ng'ish" yohud tennischimiz 261 pog'ona pastladi
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingning kuchli o'nligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Novak Jokovich jahonning birinchi raketkasi bo'lib qolmoqda. Daniil Medvedev ikkkinchi, Stefanos Cicipas uchinchi pog'onada qolgan. San Diego Open turniri chempioni norvegiyalik Kasper Ruud o'z o'rnini saqlab qoldi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin va Sanjar Fayziev o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qolishdi. Humoyun Sultonov esa 8 pog'onaga pastladi. Bu hafta chuqur "sho'ng'ish" Jo'rabek Karimovda kuzatildi. Karimov 687-o'rindan 948-pog'onaga tushib ketdi.
ATP reytingi, 4 oktyabr
1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) - 12 133
2 (2). Daniil Medvedev (Rossiya) - 10 575
3 (3). Stefanos Cicipas (Greciya) - 8350
4 (4). Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7760
5 (5). Andrey Rublyov (Rossiya) - 6130
6 (6). Rafael Nadal (Ispaniya) - 5815
7 (7). Matteo Berrettini (Italiya) - 5173
8 (8). Dominik Tim (Avstriya) - 4995
9 (9). Rodjer Federer (SHveycariya) - 3765
10 (10). Kasper Ruud (Norvegiya) - 3440
O'zbekistonlik tennischilarning ATP'dagi o'rni:
224 (224). Denis Istomin – 292
428 (417). Humoyun Sultonov - 95
565 (565). Sanjar Fayziev – 56
714 (711). Sergey Fomin – 32
948 (687). Jo'rabek Karimov – 14
Fikrlar