08 noy 15:49
Yangiliklar
ATP reytingi. Zverev uchinchi o'ringa chiqdi, Istomin ham yuqoriladi
Reytingning kuchli o'ntaligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Parij «Masters» turniri natijasiga ko'ra, germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev ATP reytingining uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. Rossiyalik Andrey Rublyov esa Top-5 ga qaytdi.
Stefanos Cicipas va Rafael Nadal avval egallab turgan o'rinlaridan bir pog'onaga pastladi. Parij «Masters» turniri g'olibi Novak Jokovich o'z o'rnini yana bir bor mustahkamlab oldi, u hamon taxtda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rnidan 1 pog'onaga yuqoriladi. Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziev ham reytingda 1 pog'ona ko'tarildi.
ATP reytingi. 2021 yil 8 noyabrdagi holat
1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) - 10940 ochko
2. (2) Daniil Medvedev (Rossiya) - 7640
3. (4) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6540
4. (3) Stefanos Cicipas (Greciya) - 6540
5. (6) Andrey Rublev (Rossiya) - 4950
6. (5) Rafael Nadal (Ispaniya) - 4975
7. (7) Matteo Berrettini (Italiya) - 4568
8. (8) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3760
9. (10) Xubert Gurkach (Polsha) - 3706
O'zbekistonlik tennischilarning ATP'dagi o'rni:
248 (249). Denis Istomin - 235
387 (388). Humoyun Sultonov - 106
542 (543). Sanjar Fayziev - 60
688 (691). Sergey Fomin - 34
937 (936). Jo'rabek Karimov - 14
Fikrlar