12 jan 08:46
Yangiliklar
Tennis
ATR rahbariyati Novak Jokovich ishi bo'yicha bayonot berdi
ATR rahbariyati jahonning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich ishi bo'yicha bayonot berdi.
"Biz Avstraliya xalqini va ularning immigraciya siyosatini hurmat qilamiz. Lekin oxirgi kunlarda ro'y bergan voqealar qoidalarni odamlarga yanada aniqroq tushuntirish kerakligini ko'rsatib berdi.
Novak barcha kerakli hujjatlarni olganiga ishonchi komil edi. Mavjud vaziyat barchani, jumladan, tennischini ham qiynayapti. Biz Australian Open talablariga aralsholmaymiz, lekin Novakni ozod qilgan sud qarorini qo'llab-quvvatlaymiz.
Biz barcha tennischilar vakcina olishini tavsiya qilamiz, bu zarur”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, kecha sud Novak Jokovichning apellyaciyasini ijobiy qanoatlantirgan edi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar