26 apr 11:35
Yangiliklar
ATR reytingi. 18 yoshli Karlos Alkaraz Top-10'da debyut qildi, o'zbek tennischilari esa ko'tarilishdi
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingning kuchli o'nligida kichik o'zgarish kuzatildi. Barselonadagi turnirda chempionlikni qo'lga kiritgan ispaniyalik Karlos Alkaraz 2 pog'ona yuqorilab, 9-o'ringa chiqib oldi va Top-10da debyut qildi. 9-pog'onadagi Feliks Oje 10-o'ringa joylashgan bo'lsa, Kemeron Norri Top-10 ni tark etdi. Reytingni hamon Novak Jokovich boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin bu hafta o'z o'rnidan 3 pog'onaga yuqoriladi. Yangilangan reytingda Humoyun Sultonov o'z o'rnidan 1, Sanjar Fayziev 13 o'rin yuqorilashga erishdi. Sergey Fomin esa 14 pog'ona pastladi. Eng kuchli pasayish Jo'rabek Karimovda kuzatildi. Tennischimiz reytingda 60 pog'ona pastladi.
ATP reytingi. 25 aprel holatiga ko'ra:
1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) - 8400 ochko
2. (2) Daniil Medvedev (Rossiya) - 8080
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7465
4. (4) Rafael Nadal (Ispaniya) - 6435
5. (5) Stefanos Cicipas (Greciya) - 5770
6. (6) Matteo Berrettini (Italiya) - 4570
7. (7) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4110
8. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) - 4025
9. (11) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 3827
10. (9) Feliks Oje (Kanada) - 3625
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
283 (286). Denis Istomin - 176
438 (439). Humoyun Sultonov - 87
612 (625). Sanjar Fayziev - 41
814 (800). Sergey Fomin - 20
1232 (1172) Jo'rabek Karimov - 5
Fikrlar