19 noy 09:07
Yangiliklar
Tennis
ATR Yakuniy turniri. Medvedev Novak Jokovichni mag'lub etdi
Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo'yicha ATR Yakuniy chempionati bo'lib o'tmoqda.
Guruh bosqichining ikkinchi turida kutilmagan natija qayd etildi. Rossiyalik tennischi, ATR reytingida 4-pog'onadan joy olib turgan Daniil Medvedev dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovichni mag'lub etishning uddasidan chiqdi - 6/3, 6/3.
Bir soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda 24 yoshli Daniil 10 ta, 33 yashar Novak esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Medvedev ushbu g'alabasi evaziga o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanatini ham tikladi - 3:3. Rossiyalik tennischi ketma-ket ikkita g'alabasi sabab muddatidan avval 1/2 finalga yo'l oldi.
Havola :
Fikrlar