16 jan 10:50
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Australian Open. Emma Radukanu reytingda o'zidan yuqoridagi raqibasini engdi
WTA reytingida 61-pog'onada borayotgan Emma Radukanu Australian Open turniridagi yurishini davom ettirmoqda. 
			Britaniyalik tennis malikasi ikkinchi davrada dunyoning 35-raketkasi bo'lib turgan amerikalik Amanda Anisimovani mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 7/5. Uchrashuv 1 soatu 50 daqiqa davom etgan.
Endi Radukanu Australian Open turnirining uchinchi davrasida sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi polshalik Iga Svyontekka qarshi kortga chiqadi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar