15 fev 12:16
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Nadal to'rtinchi davra o'yinini o'tkazdi
Avstraliyada "Katta Dubulg'a" turkumidagi Avstraliya Ochiq chempionati musobaqasi davom etmoqda.
Jahonning ikkinchi raketkasi, ispaniyalik tennischi Rafael Nadal musobaqaning to'rtinchi davrasida italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 16 daqiqa davom etgan o'yinda Nadal raqibini 6:3, 6:4, 6:2 hisoblarida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi Nadal yarim final chiptasi uchun Cicipas - Berrettini o'yini g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar