20 jan 10:33
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Novak Jokovich 1/4 finalda, navbatdagi raqib - Karlos Alkaraz!
Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open turniri davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Serbiyalik tennischi to'rtinchi davra uchrashuvida ATP reytingida 29-pog'onada borayotgan chexiyalik Irji Lexechkani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4, 7/6(4).
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0. Ikki soatu 41 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 9, Lexechka 11 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Novak 1/2 final chiptasi uchun ispaniyalik Karlos Alkarazga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar