24 may 09:37
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Avstraliya uchinchi bor Olimpiya o'yinlari mezbonligi uchun “eng shimardi”
Avstraliyaning Brisben shahri 2032 yil bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari mezbonligi uchun kurash olib borish niyatida.
Bu tashabbusni shaxsan Avstraliyaning Kvinslend shtati Bosh vaziri Anasteysha Palashuk qo'llab-quvvatlamoqda.
Ayni paytda hukumatdan rasmiy ruxsat olish jarayoni olib borilmoqda. Etiborlisi, bu g'oya Avstraliya rasmiylarining ijobiy fikrlariga sabab bo'lgan. Brisben Avstraliyaning Kvinslend shtatida joylashgan yirik shaharlardan biri. Mazkur shaharda tennis bo'yicha mavsumning dastlabki yirik turnirlaridan biri ananaviy tarzda o'tkazib kelinadi.
Eslatib o'tamiz, 2032 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari mezbonligi uchun Hindiston ham qo'shilgan. Avstraliya bungacha o'z tarixida 2 bor (Melburn-1956 va Sidney-2000) Olimpiada mezbonligini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar