So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

15 iyu 16:28
Yangiliklar

Boks/MMA

"Avvaliga to'nashmoqchi edi, yakunda choychaqa tashlab ketishdi". Zarrux Adashev Nyu-Yorkda taksichilik qilgani haqida gapirdi

Teglar :  UFCZarrux Adashev
UFC jangchisi Zarux Addashev o'z vaqida Nyu-Yorkda taksi haydagani haqida gapirib berdi.

U 2012 yilda AQSHga ko'chib borgan. 

"Bir safar meni to'nashmoqchi bo'lishgan, yakunda esa belgilangan puldan ham ko'proq tashlab ketishgan. SHunday bo'lgandi: Men xavfli, bezorilar yashaydigan joyga borib qoldim. Odatda haydovchilar shunday deyishardi: "Yaxshisi u erga borganda dasturni o'chirib qo'y va u erdan jo'nab qol".

Menga mijozlar chiqishdi: "O'zim bilan olaman, pul bo'ladi". Ular ko'cha yigitlari ekanligi ko'rinib turgandi. Mashinaga chiqqandan so'ng bepul etib olmoqchi bo'lishdi va hisoblagichni o'chirib qo'yishimni istashdi. Tahdid qila boshlashdi. Men sportchi bo'lsamda, ozgina qo'rquv bo'ldi. Ahir begona joyda bir o'zimman. Men qo'limga telefonni oldim va mashinadan tushib qo'ng'iroq qila boshladim. Ular esa "To'xta-to'xta, hisoblagichni o'chirish shart emas" deyishdi. Biz yana yo'lda davom etdik. 

Menda doimo suratlarim ilingan kartochka bo'lardi va uni mashinaning ko'rinadigan joyiga ilib qo'ygandim. Doimo zal ochishni orzu qilardim va shu orqali mijozlarni ham shug'ullanishga taklif qilishni istardim. Zal ochish rejasi doim bo'lgan. 

Yo'lovchilardan biri so'radi: "Sening suratingmi? Jang qilasanmi?". SHunda men jang qilishimni aytdim va o'z janglarim haqida gapirib berdim. Ular esa UFC tomosha qilishar ekan. SHunda so'rashdi: "Jon Jonsni bilasanmi? U mening eng sevimli sportchim". Ularni manzilga etkazib qo'ydim. Pulni berishdi va qo'shimcha 20 dollar choychaqa ham tashlab ketishdi",-dedi Adashev "Sport-Ekspress"ga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

   
16 iyu 15:40:09
aristokrat5559
Taslim bulish yuq. Olga uzbek ugloni.
   
15 iyu 20:09:37
Sirojiddin Mirzaev
Obbo shuncha ham hato kop bòladimi a?
   
15 iyu 18:21:51
CHELSEA2211
Yiqitchilikda nimalar bölmaydi... Keyingi janglaringda omad...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing