23 sen 14:01
Yangiliklar
Futbol
"Ayaks" futbolchisi top-klublar nigohida
Amsterdam klubi yarim himoyachisi Kennet Taylor Evropaning bir qator gigantlari tomonidan kuzatib borilmoqda.
20 yoshli futbolchi Niderlandiya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Polsha termasini 2:0 hisobida mag'lub qilgan uchrashuvda ilk bor vatani uchun maydonga tushdi. Malum bo'lishicha, yosh o'yinchining harakatlari uzoq vaqtdan buyon top-klublar tomonidan kuzatilib kelinadi.
U Rayan Gravenberxning Myunxenning “Bavariya”siga o'tganidan keyin ajoyib o'yin ko'rsatdi. Kennet Niderlandiya chempionatining 7 o'yinida maydonga tushib 3 gol va 2 asist qayd etdi. SHu bilan birga u “Ayaks”ning CHempionlar Ligasidagi ikkala uchrashuvida ham maydonda harakatlandi.
Havola :
Fikrlar