So’nggi yangiliklar

14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0 08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0

24 iyu 19:30
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

Ayollar kurashida tarixdagi ilk yo'llanmamizni qo'lga kiritgan Aktenge Keunimjaeva Olimpiadada kimlar bilan raqobatlashadi? (Barcha tafsilotlar)

26 iyul kuni Franciya poytaxti Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiada o'yinlari start oladi.

Musobaqada O'zbekiston delegaciyasi, jumladan sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz ham ishtirok etadi. Olimpiadada 3 nafar erkin kurashchimiz, 3 nafar yunon-rim kurashchimiz va yagona ayol kurashchimiz gilamga chiqadi.

Olamsport.com Birlashgan kurash dunyosi (UWW) tasdiqlagan ro'yxatga ko'ra sportchilarimizga turnir doirasida kimlar raqib bo'lishi haqida malumot berib boradi.

O'tgan sonlarda erkin kurashchilarimiz G'ulomjon Abdullaev, Razambek Jamalov va Javrail SHapievning bo'lajak raqiblari haqida so'z yuritgan edik.


Bugungi sonimizda ayollar kurashida O'zbekiston uchun yozgi Olimpiadalar tarixidagi birinchi licenziyani taqdim etgan Aktenge Keunimjaeva haqida so'z boradi.

Tabiiyki, Parij Olimpiadasi Aktenge uchun ham faoliyatidagi debyut Olimpiada hisoblanadi. U to'rt yillikning eng muhim musobaqasida 50 kg vazn toifasida bahs olib boradi. Aktengening Parijdagi chiqishi 6-7 avgust kunlariga to'g'ri keladi.

Aktenge Keunimjaevaga Olimpiadada quyidagi ayol kurashchilar raqiblik qilishi mumkin:

Sara Xilderbrandt (AQSH)

Ibtissem Dudu (Jazoir)

Mariya Stadnik (Ozarbayjon)

Ziki Feng (Xitoy)

Alisson Cardozo Rey (Xitoy)

Yusnelis Guzman (Kuba)

Nada Mohamed (Misr)

Anastasiya Blay (Germaniya)

Vinesh (Hindiston)

Yuyi Susaki (Yaponiya)

Gabija Dilayte (Litva)

Otgonjargal Dolgorjav (Mo'g'uliston)

Son Xyang Kim (KXDR)

Evin Demirxan (Turkiya)

Oksana Livach (Ukraina).

Vaznning Olimpiadadagi amaldagi g'olibasi yaponiyalik tajribali Yuyi Susakidir. SHuningdek, ozarbayjonlik Mariya Stadnik va AQSH vakilasi Sara Xilderbrandt Tokio-2020 o'yinlarida bronza medallarini qo'lga kiritganini takidlash lozim.

Aktengening shaxsiy natijalariga keladigan bo'lsak, u uch karra Osiyo chempionati sovrindori, Osiyo o'yinlarining bronza, Islom birdamlik o'yinlarining kumush medali sohibasi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing