26 avg 07:12
Yangiliklar
Futbol

Ayollar o'rtasida OCHL. "Nasaf" Nepal klubini yirik hisobda yutdi
"Nasaf" qizlari ayollar o'rtasida OFK CHempionlar ligasi o'tish o'yinida maydonga tushdi.
Nepalning APF jamoasiga qarshi kechgan bahsda "Nasaf" futbolchilari yirik 3:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarning bari birinchi bo'limda kiritildi. Habibullaeva etti daqiqa ichida dubl muallifiga aylangan bo'lsa, uchinchi gol SHoyimova hisobiga yozildi.
Ayollar o'rtasida OFK CHempionlar ligasi o'tish o'yini
"Nasaf" - APF 3:0
Gollar: D. Habibullaeva 1:0 13', D. Habibullaeva 2:0 16', M. SHoyimova 3:0 33'.
"Nasaf": Jonimqulova, Karachik, SHoimova, Amirova, Larina, Zoirova, Mamatkarimova, Xabibullaeva, Kudratova, Simakina, Tilovova.
Zaxira: Sevinova, Nurullaeva, Nabieva, SHodieva, Egamberdieva, Olimjonova, Tosheva, Xayrullaeva, Norboeva, Musesa.
Havola :
Fikrlar