16 iyu 19:01
Yangiliklar
Tennis
Azarenko Tokio Olimpiadasini o'tkazib yuboradi
Belaruslik tennischi Viktoriya Azarenko ham Tokio Olimpiadasida ishtirok eta olmasligini malum qildi.
"O'zim uchun qiyin bo'lgan qarorga keldim - Tokiodagi Olimpiadada qatnashmaslik. Olimpiya o'yinlaridan yorqin xotiralarim qolgan, u erda Olimpiadaning oltin medalini qo'lga kiritganman. Ammo pandemiya sabab biz ko'p muammolarga duch kelmoqdamiz. Men Belarus sharafini himoya qilish uchun 2024 yildagi Parij Olimpiadasini orziqib kutaman. Barcha sportchilarga muvaffaqiyat tilayman", - deb xabar qoldirdi sportchi Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar