12 avg 16:36
Yangiliklar
Tennis
Azarenkodan ustun kelgan 40 yoshli Vinus endi singlisiga qarshi kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, AQSHning Leksington shahrida WTA turniri bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning 58-raketkasi bo'lib turgan belaruslik Viktoriya Azarenko Top Seed Open turnirining ilk davrasida amerikalik Vinus Uilyamsga imkoniyatni boy berib qo'ydi. WTA reytingining 67-pog'onasidan joy olgan 40 yoshli Vinus dunyoning sobiq birinchi raketkasini 6/3, 6/2 hisobida engdi.
Tennischilar kortda 80 daqiqa harakat qilishgan. Vinus o'zaro uchrashuvlardagi hisobni yanada yiriklashtirdi - 6:2. Endi Vinus Uilyams Leksington turnirining ikkinchi davrasida singlisi Serenaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar