10 iyu 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA

BAA Janglar orolini tashkil etish uchun UFCga pul berdi. Nega?
Xabaringiz bor, 11 iyuldan boshlab ikki hafta davomida UFC BAAning As orolida joylashgan Janglar orolida to'rtta turnir o'tkazadi.
Bu turnirlar uchun Abu-Dabi hukumati UFCga malum miqdorda pul o'tkazib bergan. Bu haqida UFCning xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Lourens Epshteyn malum qildi.
“Abu-Dabi hukumati bizga to'rtta turnirni AQSH vaqti bilan o'tkazishimiz uchun imkon yaratib berdi. SHuningdek, «Janglar oroli»dagi turnirlar uchun bizga malum miqdorda pul to'lab berdi.
Nega? Sababi BAA hukumati yangi turistik oqimni tashkil etmoqchi, ular aynan As orolini shunday qilishmoqchi. Bu ular uchun yaxshi reklama bo'ladi. Dunyo yana eski holatiga qaytganidan so'ng turistlar bu hududlarga ham tashrif buyurishni boshlaydi”,-dedi Lourens Epshteyn.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar