04 mar 09:44
Yangiliklar
Baes Santyagoda chempion bo'ldi, u ketma-ket ikkinchi sovrinini qo'lga kiritdi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 21-raketkasi bo'lib turgan argentinalik Sebastyan Baes ATP reytingining 51-pog'onasidan joy olgan mezbonlar vakili Alexandro Tabiloga qarshi kortga chiqdi va 3/6, 6/0, 6/4 hisobida zafar quchdi. Baes tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida ham oldinga chiqib oldi - 2:1.
Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda Sebastyan 5, Tabilo 4 ta eys zarbani amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar chempionda ko'proq bo'ldi - 5 ga 2.
Santyago Baes CHili turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 250 ochko va 100,640 dollar mukofot puli ishlab oldi. Bu Sebastyanning ketma-ket qo'lga kiritgan ikkinchi sovrini bo'ldi. U o'tgan hafta Rio-de-Janeyrodagi musobaqada ham chempion bo'lgan edi.
Fikrlar