13 noy 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov yangilangan WBC reytingida nechanchi o'rinda?
Xabar berganimizdek, kecha Butunjahon boks uyushmasi (WBC) professional bokschilarning yangi reytingini elon qildi.
Superog'ir vazn toifasida mag'lubiyatsiz odimlayotgan yagona charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov yangilangan WBC reytingida 39-pog'onani egallab turibdi. Amerikalik Deontey Uaylder ushbu yo'nalish chempioni hisoblanadi.
Reytingning kuchli o'ntaligidan britaniyaliklar Dillian Uayt, Tayson Fyuri, kubalik Luis Ortis, ukrainalik Aleksandr Usik, kolumbiyalik Oskar Rivas, rossiyalik Aleksandr Povetkin, amerikalik Adam Kovnacki, Yangi Zelandiya bokschisi, sobiq jahon chempioni Jozef Parker, yana ikki ingliz - Jo Joys va Derek CHisora joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar