08 mar 12:17
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" 80 million evrolik hujumchiga ko'z tikdi
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Nik Voltemadeni jamoaga qo'shib olishga shaxsan qiziqmoqda.
Klub sport direktori yaqin vaqtlarda Flikning vatandoshini olib kelish ustida ish boshlaydi. Bu haqda Football365 nashri xabar bermoqda.
24 yoshli futbolchi o'tgan yilning yozida "Nyukasl"ga ko'chib o'tgandi. Hujumchi joriy mavsum 46 ta bahsda 11 ta gol va 4 ta assist qayd etgan. Uning ingliz jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : Football365
Fikrlar