22 okt 13:36
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" AQSHdagi o'yini bekor bo'lganiga bayonot berdi
"Barselona" rasmiy saytida La Liganing Mayami shahrida "Vilyarreal"ga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan o'yinni bekor bo'lganiga munosabat bildirildi.
"Barselona" klubi La Liganing 17-turida Mayami shahrida "Vilyarreal"ga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan o'yinni bekor qilish qarorini hurmat qiladi.
"Barcelona" strategik bozorda raqobatni kengaytirish imkoniyatini boy berganidan afsusda. Klub AQSHdagi muxlislarimiz tomonidan ko'rsatilgan qo'llab-quvvatlash va cheksiz mehr uchun minnatdorlik bildiradi va ularning rasmiy o'yinga borish imkoniyatidan mahrum bo'lganidan chuqur afsusda", - deb fikr bildirilgan bayonotda.
Eslatib o'tamiz, kecha La Liga AQSHda bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan "Barselona" - "Vilyarreal" o'yini bekor bo'lganini elon qilgandi.
Havola :
Fikrlar