24 okt 18:34
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich 2026 yilda "Barselona"ga o'tishi mumkin.
"Fichajes"ning xabar berishicha, serbiyalik hujumchi "Barselona"ning asosiy maqsadiga aylangan. Manbaning xabariga ko'ra, 25 yoshli Vlaxovich allaqachon "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. Turinliklar 2022 yilda u uchun 80 million evro to'lagandi. Takidlanishicha, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Vlaxovichning o'yin uslubini juda yoqtiradi.
25 yoshli forvard ushbu mavsum barcha musobaqalarda 10 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Uning "Yuventus" bilan kelishuvi 2026 yil yozda tugaydi.

Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar