03 noy 14:01
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" bir shart bilan Markus Reshfordni sotib olishi mumkin
"Barselona" rahbariyati ingliz hujumchisi Markus Reshfordning o'yinlaridan mamnun.
Sport.es xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted"dan sotib olish taklifini ko'rib chiqmoqda. Agar Markus Reshford maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo'lsa, transfer amalga oshishi mumkin. "Barselona" futbolchiga "Manchester Yunayted"dagi kabi shartnomani taklif qilishga tayyor emas.
Eslatib o'tamiz, Markus yozda ijara asosida "Barselona"ga ko'chib o'tgandi. Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum La Ligada 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 5 ta assist bor.

Havola :
Fikrlar