20 sen 16:00
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" de Yong bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda
"Barselona" sport direktori Deku yarim himoyachi Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda.
"Biz Frenki bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ishonchim komilki, biz kelishuvga erishamiz. U biz uchun muhim o'yinchi. Menimcha, u "Barselona"da baxtli va biz ham undan mamnunmiz. SHunday ekan, hech qanday muammo bo'lmaydi, deb o'ylayman", - dedi Deku.
28 yoshli niderlandiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Futbolchi bu mavsumda barcha turnirlarda 3 ta o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar