21 mar 14:40
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" istedodi Ispaniyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin
"Betis" "Barselona"ning o'ng qanot himoyachisi Xavi Esparning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Kataloniya klubi futbolchining transferini ko'rib chiqishga tayyor. Ammo, "ko'k-anorranglilar" Esperga bo'lgan barcha huquqlardan voz kechmoqchi emas. Oddiy ijara yoki kelajakdagi sotuv foizini saqlab qolgan holda yakuniy transferni o'z ichiga olgan variantlar muhokama qilinmoqda. Futbolchining o'zi "Betis"ga o'tishga ijobiy qaramoqda.
Xavi Espar "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi "Barselona B" sharafini himoya qilmoqda. Ammo yaqinda futbolchi Kataloniya klubining asosiy tarkibida La Ligada "Sevilya"ga qarshi o'yinda (5:2) debyut qildi.
Havola :
Manba : fichajes.net
Fikrlar