05 dek 17:12
Yangiliklar
"Barselona" "Liverpul"ning transfer nishonini mersisaydliklar burni ostidan tortib oldi
"TEAMtalk" xabariga ko'ra, Kataloniya grandi so'nggi ikki hafta ichida Gexi vakillari bilan ikki marta bog'lanib, himoyachi uchun rasmiy taklif bilan chiqqan.
"Barselona" "Liverpul"ning Gexi bilan kelasi yozda shartnoma imzolash niyatidan yaxshi xabardor, ammo ular faol harakat qilmoqda va yanvar oyidayoq ingliz futbolchisi bilan dastlabki muzokaralarni boshlashga tayyor.
"Kristal Pelas" kelasi yozda sardorini tekinga yo'qotishi mumkin, ammo agar himoyachi bu qishda shartnoma imzolasa, "Barselona" 20 million evro to'laydi.
Mark ushbu mavsum "Kristal Pelas" safida 22 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining klub bilan amaldagi bitimi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar