24 sen 18:57
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" Messini qaytarish yo'llarini izlayapti
Kataloniya klubi jamoa sobiq sardori Lionel Messini yana klub bilan bog'lashning turli yo'llarini ko'rib chiqmoqda.
35 yoshli argentinalik yulduzning PSJ bilan shartnomasi 2023 yil iyun oyida nihoyasiga etadi va unda ushbu bitimni yana bir yilga cho'zish imkoniyati mavjud. Lionelning o'zi kelajagi borasidagi qarorni Jahon chempionatidan so'ng chiqarishini bildirgan.
"Ko'k-anorranglilar" 2023 yilda futbolchini erkin agent sifatida jamoaga qayta jalb qilish yokin uni klub elchisi etib tayinlash variantlarini ko'rib chiqyapti.
Messi sobiq klubiga qaytish uchun moliyaviy feyr-pley qoidalariga mos tushishi uchun maoshining kamaytirilishiga rozi bo'lishiga to'g'ri keladi. Juningdek, u klubda ikkinchi darajali maqomga ega bo'lishni ham qabul qilishi kerak bo'ladi.
Havola :
Manba : Mundo Deportivo
Fikrlar