28 okt 14:51
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" MYUga kerak bo'lmay qolgan yana bir futbolchining transferiga 70 mln evro sarflashga tayyor
Kataloniyaliklar rahbariyati "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni sotib olishi mumkin.
“Barselona” skautlari angliyalik futbolchini Franciya chempionatining 8-turida “Gavr” ustidan qozonilgan g'alaba (6:2) vaqtida kuzatishgan. Grinvud ushbu bahsda 4 ta gol urishga erishgandi. Futolchining transferi Kataloniya klubiga 70 million evroga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, angliyalik hujumchining Franciya jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Joriy mavsum Grinvud 12 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va yana 4 ta golga assistlik qilgan.

Havola :
Fikrlar