25 okt 12:37
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" prezidenti: "Real"ni mag'lub etishimizni tomosha qilishdan hech qachon charchamayman"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real"ga qarshi o'yinlarda kataloniyaliklarning g'alaba qozonishidan hech qachon charchamasligini takidladi.
"Real"ni mag'lub etishimizni tomosha qilishdan hech qachon charchamayman. "Barsa"ning g'alabasini tomosha qilish biz muxlislar uchun sport musobaqalaridan ham ustun bo'ladigan tuyg'u. Bunday o'yin o'ta kuchli raqobat bilan ajralib turadi. Bu aql bovar qilmaydigan his tuyg'u", - deya fikr bildirdi jamoa prezidenti.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi bahs ertaga bizning vaqt bilan soat 20:15 da start oladi.

Havola :
Fikrlar