So’nggi yangiliklar

22:45Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчиларнинг иштирокидан ОНЛАЙН 0 18:34Фёдор Емеляненко Махачевга юзланди 0 18:13"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи 0 16:47VI Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Тўрт дзюдочимиз финалда, қолган уч нафари бронза учун курашади + ФОТО 0 16:26Чимаeв Махачев - Делла Маддалена жанги ҳақида гапирди 0 16:05"Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди 0 15:44Боксчимиз Одинахон финалга чиқди, Узукжамолда бронза + ФОТО 0 15:23Адҳамжон Эргашев олтин ва кумуш медалларни ҳам қўлга киритди 0 15:02Жейк Пол Перейрага жанг таклиф қилди: "У рози, лекин UFC халақит бермоқда" 0 14:41"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди 0 14:20Адҳамжон Эргашев VI Ислом Бирдамлиги ўйинлари совриндори + ФОТО 0 13:59Царукян UFC гонорарлари ҳақида: "Деярли ҳеч нарса қолмайди" 0 13:38Жек Делла Маддалена: "Махачевни синдираман ва рейтингда унинг ўрнини эгаллайман" 0 13:17Муҳаммад Мокаев Brave CF лигасидаги навбатдаги рақибни айтди 0 12:56Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди 0

06 sen 16:41
Yangiliklar

Futbol

"Barselona" Reshfordni MYUga qaytarish haqida o'ylab qoldi

Teglar :  BarselonaReshford
Xabarlarga ko'ra, "Barselona" hujumchining ruhiy va jismoniy tayyorgarligidan xavotirlangan holda Markus Reshfordni "Manchester Yunayted"ga qaytarish haqida o'ylamoqda.

27 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasi boshida 30 mln funt sterlingga sotib olish huquqi bilan ijara asosida "Manchester Yunayted"dan La Liga chempioniga kelib qo'shildi.

Reshford "Barselona"ning chempionatdagi 3 o'yinida ham o'ynadi, birida boshlang'ich va qolgan ikkitasida zaxiradan maydonga tushdi.

"El Nacional" xabariga ko'ra, "Barselona" allaqachon angliyalik futbolchini agar u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi bo'sa, ruhiy va jismoniy tayyorgarlikni oshirishi kerakligi haqida ogohlantirgan.

Xabarda qo'shimcha qilinishicha, klub uning mashg'ulotlardagi va mavsumoldi o'yinlaridan hayratda qolgan, biroq mavsum rasman boshlanganidan so'ng o'zini ko'rsatishini kutgan.

Natijada "Barselona" endi Rashfordni "Old Trafford"ga qaytarish haqida bosh qotirmoqda. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, Kataloniya jamoasi shartnomani bekor qilish uchun "Manchester Yunayted"ga 5 million evro to'lashi kerak bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing