19 jan 16:35
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" sobiq futbolchisi Qozog'istonning "Aktobe" klubiga o'tdi
Bu haqda jurnalist Ivan Karpov o'z Telegram-kanalida xabar berdi.
"Barselona" va CSKA sobiq futbolchisi Miralem Pyanich 35 yoshida futbolga qaytadi va Qozog'iston Premer-ligasi klubi "Aktobe" bilan shartnoma imzolaydi.
SHuningdek, "Aktobe" "Krasnodar" sobiq hujumchisi Fyodor Smolovni ham jamoaga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Pyanich bilan bir yillik shartnoma tuziladi va u Qozog'iston ligasi tarixidagi eng yuqori maoshlardan birini oladi.
Avvalroq, klub Tomas Myuller bilan ham kelishuvga yaqinlashgani xabar qilingandi, ammo 36 yoshli nemis futbolchisi Qozog'iston Premer-ligasi maydonlari suniy qoplamali ekanini bilib, qaroridan qaytgan.

Havola :
Fikrlar