29 mar 17:06
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi
Lekin bu ish kataloniyaliklar uchun oson bo'lmaydi.
"Bayer" Leverkuzen himoyachisi Alexandro Grimaldo "Barselona"ning qiziqishlari doirasida. Bu haqda "Todofichajes" xabar bermoqda. Ispaniyalik futbolchi nemis klubida yaxshi mavsum o'tkazmoqda, bu kataloniyaliklarning etiborini tortmasdan qolmadi. SHu bilan birga, uning "farmacevtlar" bilan shartnomasi yana 3 yilga mo'ljallangan.
Grimaldo "ko'k-anorranglilar" akademiyasida 8 yil o'ynagan, ammo asosiy jamoada harakat qilmagan. "Barselona"ni tark etgach, u "Benfika"da o'ynadi va o'tgan yozda erkin agent sifatida "Bayer"ga o'tdi. 28 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 37 ta o'yinda 11 ta to'p kiritdi va 15 ta golga assistentlik qildi.
Havola :
Fikrlar