24 dek 07:53
Yangiliklar
"Barselona" Ter SHtegenning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
Yozda tomonlar germaniyalik darvozabonning tibbiy hujjatlari borasida kelisha olmagandi, yaqinda esa OAV xabarlariga ko'ra, Xansi Flik Ter SHtegenni malumotni sizdirishda ayblagan. Biroq hozircha tomonlar bir-biriga toqat qilishga majbur.
"Marca" nashrining yozishicha, klubning moliyaviy ahvoli Joan Laporta va rahbariyatni nafaqat Ter SHtegen masalasini, balki umumiy tarkibni qayta qurish rejalarini ham yozgi transfer oynasiga qadar kechiktirishga majbur qilmoqda.
Ispaniya Kubogida yaqinda maydonga tushganiga qaramay, Ter SHtegen hozir ham Joan Garsiya va Voycex SHensnidan keyin uchinchi darvozabon hisoblanadi. SHu sababli nemis posboni faqat tishini tishga qo'yib, asosiy tarkibdagi o'rni uchun kurashishiga to'g'ri keladi.

Fikrlar