06 fev 19:18
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" va "Atletiko" "Tottenxem" futbolchisi uchun kurash olib bormoqda
Londonning "Tottenxem" jamoasi markaziy himoyachisi va sardori Kristian Romero yozda klubni tark etishi mumkin.
"TEAMtalk" malumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchiga Ispaniya grandlari – "Barselona" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda.
27 yoshli Romero CHempionlar Ligasida muntazam ishtirok etadigan jamoada faoliyatini davom ettirishni istaydi. Qayd etilishicha, himoyachining transferi qiziquvchi tomonlarga 80-90 mln evro atrofidagi summaga tushadi.
Romero joriy mavsum barcha turnirlarda 27 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning "Tottenxem" bilan amaldagi bitimi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt'da futbolchining narxi 60 mln evroni tashkil etadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar