23 sen 17:02
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi taxminan 3 hafta maydonga tusholmaydi
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, hujumkor yarim himoyachi Fermin Lopes Primeraning 5-turida "Xetafe"ga qarshi o'yinda (3:0) olgan mushaklaridagi jarohati tufayli taxminan 3 haftani o'tkazib yuboradi.
U ikkinchi bo'limda zaxiradan tushgan, biroq final hushtagi yangraganidan so'ng maydonda yotgan va maydonni tibbiyot xodimlari yordamida tark etgandi.
Eslatib o'tamiz, Lopes avvalgi o'yinda "Valensiya" (6:0) darvozasini ikki marta ishg'ol etgan holda asosiy qahramon bo'lgandi. Bu uning mavsumdagi birinchi samarali harakati edi.
Havola :
Fikrlar