15 mar 17:40
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" yoz uchun ustuvor transfer maqsadni tanladi
"Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli italiyalik futbolchi moliyaviy tomondan qoniqarli bo'lsa, Kataloniya klubiga o'tishga tayyor. "Barselona" sport direktori Deku va jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bastoni himoyani kuchaytirish uchun ustuvor variant deb hisoblamoqda. Bitim summasi 80-100 million evroni tashkil etishi mumkin.
Joriy mavsumda Bastoni barcha turnirlar hisobida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Havola :
Manba : x.com/Ekremkonur
Fikrlar