30 okt 11:18
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" yulduzi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedrining jarohati kutilganidan ham jiddiyroq bo'lib chiqdi.
Kataloniya klubi avvalroq o'z veb-saytida ispaniyalik futbolchining chap sonining mushagida jarohat borligi haqida xabar bergandi. Biroq keyingi tekshiruvlardan so'ng oyoqda sinish borligi aniqlangan. SHu tariqa, futbolchi kamida 6 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi.
Natijada yarim himoyachi CHempionlar ligasining 5-turi doirasidagi jamoasining “CHelsi”ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi. O'yin 25 noyabr kuni bo'lib o'tadi. SHuningdek Pedri Ispaniya chempionatida oltita o'yinni o'tkazib yuborish xavfi bor.
Ispaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar