30 dek 18:05
Yangiliklar
"Barselona"da navbatdagi mojaro: klub prezidenti firibgarlikda gumonlanmoqda
Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Kataloniya klubi rahbarlari investorlar oldida moliyaviy majburiyatlarni bajarmagan Core Store kompaniyasi bilan aloqalarda bo'lgan. Kompaniya mijozlaridan biri kiritgan 104 ming evrodan atigi 12,5 ming evronigina qaytarib olishga muvaffaq bo'lgan.
Core Store va u bilan bog'liq CSSB Limited kompaniyasi mijozlari shartnomalar bir necha bor buzilgani haqida shikoyat qilishni boshlagan. Core Store’'ing menejeri sifatida qaralayotgan Laportaga nisbatan allaqachon uchinchi davo arizasi kiritilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu ish yuzasidan ko'rsatma berish uchun "Barselona" prezidentni chaqirgan. U bilan birga Rafa Yuste hamda Kataloniya klubining yana ikki nafar sobiq direktori gumonlanuvchilar ro'yxatiga kiritilgan.
Fikrlar