01 apr 13:24
Yangiliklar
Futbol
"Barselona"ning asosiy futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
33 yoshli nemisga "Galatasaroy" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi futbolchiga ilk taklifni yuborishga ham ulgurgan.
Ilkay Gyundogan o'tgan yilning yozida "Manchester Siti"dan "Barselona" safiga kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar