17 jan 14:24
Yangiliklar
"Barselona"ning sobiq ustozi "Real"ni boshqarishi mumkin
Bu haqda X'dagi Topskills Sports UK akkaunti xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Enrike yangi chaqiruvlarni qabul qilishga tayyor, ammo buning uchun u o'yinchilar, transferlar va jamoaning qarorlar bo'yicha to'liq nazoratni qo'lga kiritishi shart. Takidlanishicha, ispan mutaxassisi Ispaniya chempionatiga qaytish imkoniyatiga jiddiy qarayapti.
Eslatib o'tamiz, Enrike 2014–2017 yillarda "Barselona" bosh murabbiyi bo'lgan. Uning qo'l ostida "ko'k-anor ranglilar" CHempionlar Ligasi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionligi, UEFA Superkubogi, ikki marta Ispaniya chempioni, uch marta Ispaniya kubogi va bir marta Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan. 2023 yil yozidan buyon Enrike PSJ ni boshqarib kelmoqda va parijliklar bilan ham CHempionlar Ligasi, Minterkontinental kubok, UEFA Superkubogi hamda ikki marta Fransiya chempionati, Kubogi va Superkubogini yutgan.
Fikrlar